O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda hududlarda agrar sohani ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida Jizzax viloyati Forish tumanida soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur ko’rgazma ilmiy-amaliy uchrashuv oldidan o‘tkazilib, unda hududning agrar salohiyati, zamonaviy agrotexnologiyalar, chorvachilik mahsulotlari va innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.
Ko‘rgazmada Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zafar Ruziyev, Forish tumani hokimi Sohib Islamov, TDAU rektori Narzullo Oblomuradov hamda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida agrar sohani rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda hududlarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



