favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

G‘alabaning 80 yilligi va 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir doirasida faxriylar taqdirlandi

view 17

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida o‘tkazilayotgan adabiy-badiiy tadbir doirasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarini ehtirom bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Faxriylarimizning mashaqqatli hayot yo‘li, jasorati va fidoyiligi yosh avlod uchun mangu ibrat maktabidir.

Tadbir davomida universitet rektori N.Oblomuradov tomonidan ularga samimiy tilaklar bildirilib, universitet kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.