Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari nafaqat respublikada, balki dunyoning yirik ilmiy va sanoat markazlarida ham o‘z salohiyati, bilimdonligi va mehnatsevarligi bilan e’tirof etilmoqda. Ana shunday iqtidorli yoshlar ilimli vakillaridan biri - Toshkent davlat agrar universitetining bitiruvchisi Murodov Davron Ikrom o'g'li hisoblanadi. D.Murodov 2017/2021-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining 5411100-Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta'lim yo‘nalishida tahsil olib, malakali professor-o‘qituvchilarning saboqlari ostida puxta nazariy va amaliy bilimni egallagan. Universitet tomonidan yaratilgan mavjud imkoniyatlar va xalqaro aloqalar uning ilmiy dunyoqarashi yanada kengayishida muhim omil bo‘ldi. Talabalik yillarida D,Murodov Universitetda tashkil etiladigan ko'plab tadbirlar, jumladan, “Zakovat” intellektual o'yini doirasida bilimlar bellashuvida muntazam ishtirok etib, faxrli (birinchi o‘rin) o'rinlarni qo‘lga kiritib, universitet rrahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlangan. Universitetning zamonaviy professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quv-amaliyot laboratoriyalarida ilmiy izlanishlar olib borib, natijalari bo‘yicha bir nechta mahalliy va xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan. "Oxirgi 5 yil ichida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan dorivor o‘simlikshunoslik, ularni yetishtirish va qayta ishlash sohasiga alohida e’tibor qaratilgani, jumladan 10 ga yaqin qarorlar qabul qilinishi soha doirasida yangi imkoniyatlar eshiklari ochib berdi. Xususan ushbu sohada yangi imkoniyatlarni tashkil etilishi ko'plab dorivor o'simlikshunoslar qatoridan D.Murodovning kasbiy shakllanishida muhim turtki bo‘ldi" desak hech qanday mubolag'a bo'lmaydi. Toshkent davlat agrar universitetining yetakchi xorijiy universitetlar, xalqaro agrar institutlar va tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorlik aloqalari natijasi o'laroq Davron Murodov ham faxrli talabalar qatorida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga amaliyot o‘tash uchun Universitetdan yuborildi. U o'tgan yillar davomida Germaniya Federativ Respublikasida amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z sohasiga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganib bordi. Har ikkala xalqaro hamkor tashkilotlarning munosib imkoniyatlari Davron Murodovning hayotida muhim burilish yasab, uning kelajakdagi yutuqlariga mustahkam poydevor bo‘ldi. Germaniya Federativ Respublikasida amaliyotlar muvaffaqiyatli yakunlangach, xorijda yanada kasbiy va ilmiy mahoratini oshirish istagi bilan nufuzli tashkilotni "Gerard Fond" nomli stipendiya sohibi bo'ldi.
So'ng Germaniyada tahsilni muvaqqiyatli yakublab yirik nemis kompaniyalarida kasbiy faoliyat boshladi. Intizom, mas’uliyat va puxta bilim sababli qisqa muddat ichida jamoaning yetakchi yosh mutaxassisiga aylandi, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. So'ng uning mehnati qadrlanib, bir nechta yirik Yevropa kompaniyalaridan yuqori maoshli takliflar ham bildirildi. Joriy yilda Davron Murodov o‘z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi ya'ni Germaniyada O’zbekistonni dunyoga tanitish maqsadida shaxsiy dorivor o'simliklarning fitomahsulotlari bo'yicha yangi tashkilotni tashkil etilishiga asos soldi. Shuningdek, u o'z tashkilotida ishlab chiqarilgan fitomahsulotlarini buyuk qomusiy olim, alloma Abu Ali ibn Sino nomi bilan nomlagan. Ya'ni Ibn Sino ning ilmiy izlanishlari, bizga qoldirgan ilmiy merosi asosida zamonaviy texnologiya bilan yaratilishi va uni dunyoga tanitiishdagi ishtirokini yuksak faxr namunasi deb atash mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar:
