logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Global ekologik fond(GEF) ko’magida ekologik tashabbuslarga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi

view 284

Agroeko klub hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ekologiya qo‘mitasi hamkorligida fuqarolik jamiyati uchun Global Ekologik Fond (GEF) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan barqaror amaliyotlar va ekologik texnologiyalarni ilgari surishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar ekologik ongni yuksaltirish, dolzarb ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarni yaratish hamda GEF grantlarida ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. GEF vakili loyihalar yozish tartibi, baholash mezonlari va muvaffaqiyatli amalga oshirish bosqichlari bilan tinglovchilarni tanishtirdi.

Seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda ekologik tashabbuslarni rivojlantirishga bo‘lgan intilish yanada kuchaydi. Tadbir yakunida AgroEkoKlub va GEF bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, grant dasturlarida faol ishtirok etish hamda ekologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

Toshkent davlat agrar universitetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti boshchiligida barcha fakultetlarning yoshlar yetakchilari, tyutorlari, professor-o‘qituvchilari va faol talabalar ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida keng ko‘lamli chellenj o‘tkazildi
Jarayon | Korrupsiya

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sohalari uchun kasbiy ta’lim” (PECA) mintaqaviy loyihasining yakuniy kanferensiyada ishtirok etdi.
Jarayon

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.