Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilayotgan “Go‘zal Vatan” xalqaro festivali yuqori ruh va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Festival agrar soha va san’at uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan muhim madaniy loyiha sifatida alohida e’tibor qozonmoqda. Festival dasturining muhim qismi sifatida rassomlar uchun ochiq osmon ostida – plener uslubida ijodiy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Bu jarayonlarda ular tabiat va milliy qadriyatlarimizni o‘z asarlarida jonli aks ettirmoqda. Bugungi ijodiy manzil Jizzax shahri. Bu yerda o‘tkazilgan plener rassomlarga yangi ilhom bag‘ishlab, ular tomonidan Vatanimizning go‘zalligi, boy madaniyati va o‘ziga xos manzaralari tasviriy san’at orqali ifoda etilmoqda.
“Go‘zal Vatan” festivali doirasidagi bunday ijodiy uchrashuvlar san’at rivojiga xizmat qilish bilan birga, turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



