logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi – universitet kadrlar salohiyatini shakllantirish, baholash va rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi muhim bo‘limdir. Bo‘lim universitetdagi inson resurslari siyosatini belgilash va amalga oshirish, xodimlarni baholash, rag‘batlantirish va ularni malakasini oshirish kabi jarayonlarga mas’uldir.

Asosiy vazifalar


  • Universitet nomenklaturasidagi lavozimlar kadrlar zaxirasini shakllantirish, istiqbolli yoshlarni tayyorlash

  • Tizim xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va bu jarayonni uslubiy jihatdan ta’minlash

  • Bo‘linmalar va xodimlar faoliyati natijadorligini baholash, rag‘batlantirish yoki javobgarlik bo‘yicha takliflar tayyorlash

  • Shaffof va adolatli kadrlar saralash tartibini joriy etish

  • Xorijiy tajribaga asoslangan kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish

  • Xodimlar tarkibi davlat vazifalariga mos bo‘lishini ta’minlovchi siyosatni amalga oshirish

  • Mehnat faoliyatini baholashda teng imkoniyatlar yaratish

  • Xodimlarning shaxsiy hissasini oshirish va ularni rivojlantirishga ko‘maklashish

  • Korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish va ta’sirchan choralar ko‘rish

  • Professional darajani oshirish, uzluksiz ta’lim va xorijda malaka oshirishni tashkil etish

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.