• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

link

Xalmirzayev Dilmurad Kamilovich

Toshkent davlat agrar universiteti xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i
Xalmirzayev Dilmurad Kamilovich

Хodimlar bilan ishlash boshqarmasi Universitet nomenklaturasidagi lavozimlar kadrlar zaxirasini shakllantirish, istiqbolli yoshlarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash maqsadida ularning zaruriy tajriba va malaka oshirishlarini tashkil etish;

qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda tizim xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ushbu jarayonga tayyorgarlik va o‘tkazilishini uslubiy ta’minlash va tashkil etishda qatnashish;

Universitet tarkibiy bo‘linmalari va xodimlari faoliyati natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlari asosida tahlil qilish, reyting yakunlariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki shaxsiy javobgarligini oshirish, mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

Zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qo‘yishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;

Ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;

Kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatining axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini ob’ektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;

Kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal to‘liq ishtirok etishini ta’minlash asosida davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda ko‘maklashish;

Universitetda mehnat faoliyatini olib boruvchi ishchi-xizmachining yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;

Muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz ta’lim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan, xorijda tashkil etish. Kadrlar strategiyasini ishlab chiqish va xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish.