favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Hurmatli abituriyentlar!

Siz hayotingizdagi eng muhim qarorlardan birini – oliy taʼlim muassasasini tanlash arafasidasiz. Bu yo‘lda to‘g‘ri va ishonchli tanlov qilish kelajakdagi imkoniyatlaringizga bevosita taʼsir qiladi. Sizni universitetimizdagi Qo‘shma taʼlim dasturlari tashkil etish bo‘limi sahifasida ko‘rib turganimdan xursandman.


Bizning bo‘lim faoliyati – sizga nafaqat sifatli taʼlim berish, balki xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘lish imkoniyatini yaratishdir.



Qo‘shma taʼlim dasturlari orqali siz bir vaqtning o‘zida ikkita – mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasasining diplomini qo‘lga kiritishingiz mumkun.

O‘qish jarayonida xorijda tahsil olish, yangi tillar va madaniyatlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz.
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.