favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ichimlik suvi – bebaho ne’mat. Uni asrash – barchamizning burchimiz!

view 18

Toshkent davlat agrar universitetida suv resurslaridan oqilona foydalanish, xususan, ichimlik suvi tanqisligining oldini olish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vakillari – hududiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Abdumalikov va bosh mutaxassis B.Ayitbayev, universitetning professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni universitetimizning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Boboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

U o‘z nutqida bugungi kunda ichimlik suvi tanqisligi global muammo darajasiga ko‘tarilganini, bunday sharoitda har bir fuqaroning ongli va mas’uliyatli munosabati muhim ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Mazkur seminar Ichimlik suvidan oqilona foydalanish hamda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik, hamda iste'molchilar o'rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.