logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ilm va amaliyot uyg‘unligi: Bog‘dorchilik rivojida yangi yondashuv

view 110

Kuni kecha Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi tomonidan Qibray tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan “Qibray-Mirzayev Farrux” fermer xo‘jaligida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, bog‘dorchilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Seminarda tuman hokimi M. Rashidov, tuman prokurori S.Ashridinov , universitet rektori N. Oblomuradov, olimlarimiz hamda hududning qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan bog‘dorchilikda innovatsion yondashuvlar, resurs tejamkor texnologiyalar va ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlar yuzasidan atroflicha tavsiyalar berildi. Jarayon davomida universitetning ko‘chma ilmiy-amaliy ekofiziologik laboratoriyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanildi. Xususan, joyning tuproq tarkibi tezkor tahlil qilinib, olingan natijalar asosida ekinlarni oziqlantirish, sug‘orish rejimini optimallashtirish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha aniq ilmiy xulosalar taqdim etildi.

Mazkur seminar ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng tatbiq etish, fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirish hamda hududda barqaror bog‘dorchilikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Universitet olimlarining joylarga chiqib, bevosita ishlab chiqarish jarayonida ilmiy maslahatlar berishi esa agrar sohada samaradorlikni ta’minlashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.