logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ilmga baxshida umr: TDAUda ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

view 96

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida ardoqli ustoz, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Alimova Ra’no Abbasovnaning 80 yillik muborak tavallud ayyomi hamda ilmiy-pedagogik faoliyatining 60 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar ustozning bosib o‘tgan sharafli yo‘liga to‘xtalib o‘tdilar. Ra’no Abbasovna o‘z umrining 50 yildan ortig‘ini aynan TDAU rivojiga, agrar soha uchun yetuk kadrlar tayyorlashga bag‘ishlagan noyob siymolardan biridir. Uning muallifligidagi 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 21 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar bugun talabalarimiz uchun asosiy bilim manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirda ustozning ilmiy maktabi naqadar samarali ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. Ra’no Alimova rahbarligida 2 nafar falsafa doktori (PhD) yetishib chiqqani, yuzlab shogirdlar bugun respublikamizning turli go‘shalarida agrar soha rivojiga hissa qo‘shib kelayotgani buning yaqqol isbotidir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.