Zamonaviy oziq-ovqat sanoatida har bir jarayon ilmiy asosda tashkil etilishi muhim. Ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash kafedrasi dotsenti M.A.Boltayev hamda 1-kurs magistratura talabasi L.O‘.Gulimmetovalar tomonidan navbatdagi amaliy tajribalar bevosita ishlab chiqarish sharoitida, “ASIANS FROZEN FOODS” MChJda olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida brokkoli mahsuloti tanlanib, uning jadal muzlatish (IQF) jarayonini optimallashtirish ustida izlanishlar olib borildi. nTadqiqot davomida brokkolini muzlatishdan oldingi blanshirlash jarayoni turli vaqt oralig‘ida sinovdan o‘tkazilib, uning mahsulot rangi va teksturasiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, muzlatish rejimlari — harorat, havo oqimi va vaqt omillarining sifatga ta’siri tahlil qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
