favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Javdar (secale)–bug’doydoshlar oilasiga mansub o’simlik bo’lib, bir va ko’p yillik o’simliklarni o’z ichiga olgan turkum hisoblanadi.

view 13

Javdardan oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida foydalaniladi. Yormasi va koʻk massasi, uni chorva mollari uchun qimmatli ozuqa; donidan aralash ozuqa, spirt va kraxmal, patoka ishlab chiqariladi, somonidan qogʻoz, sellyuloza, lignin va boshqa olinadi. Mazkur ekin turini O’zbekiston qishloq xo’jaligiga tadbiq etishning qanday istiqbolli jihatlari bor? Ushbu savolga bugun, 19-iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetining o’quv-ilmiy tajriba xo’jaligida tashkil etiladigan “G’alla sayli” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida Agromuxandislik va axrotexnologiyalar fakulteti “О‘simlikshunoslik va moyli ekinlar” kafedrasi tadqiqotchisi T.M.Bazarbayevaning “Kuzgi javdar hosildorligi va don sifatiga kechki azotli oziqlantirishning ta’siri” mavzusida olib borgan izlanishlari natijasi misolida javob olishingiz mumkin.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.