logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“JONAJON O‘ZBEK TILIM” TANLOVIDA FAOL QATNASHING!

view 51

Davlat tiliga e’tiborlimisiz? O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi o‘zbek tilining ijtimoiy hayotdagi mavqeini oshirish, davlat tilini to‘laqonli joriy etishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

🏆 Tanlov quyidagi 7 yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔹 Eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
🔹 O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
🔹 Eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
🔹 Davlat tili bo‘yicha OAVda e’lon qilingan eng yaxshi material;
🔹 O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
🔹 O‘zbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
🔹 O‘zbek tilining xorijlik do‘stlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.


📅 Loyihalar 20-avgustdan 20-sentabrgacha qabul qilinadi.

👥 Tanlovda yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda ishtirok etish mumkin. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📩 Ishtirok etish uchun o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar hamda ishning elektron nusxasini Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron manziliga yoki @Jonajontilim_bot Telegram botiga yuborishingiz mumkin. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.

O‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiboringizni ijodingiz va tashabbusingiz bilan namoyon eting!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.