logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Kelajakka qadam” — amaliy bilim va tahliliy yondashuv sari qadam

view 74

Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida mazmunli seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda katta o‘qituvchi D.Tulayev va assistent N.Daniyorovlar tomonidan 2025-yilning 1-choragidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari tahlili hamda yil yakuniga prognozlar taqdim etildi.
Iqlim o‘zgarishi, logistika xarajatlari va eksport salohiyati kabi omillar chuqur tahlil qilindi. Trening davomida talabalar bilan jonli muloqot va amaliy muhokamalar o‘tkazildi. Bu esa ularning bilim va tashabbuslarini yanada mustahkamladi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.