“Kelajakka qadam” — amaliy bilim va tahliliy yondashuv sari qadam
8 May 2025
4
Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida mazmunli seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda katta o‘qituvchi D.Tulayev va assistent N.Daniyorovlar tomonidan 2025-yilning 1-choragidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari tahlili hamda yil yakuniga prognozlar taqdim etildi. Iqlim o‘zgarishi, logistika xarajatlari va eksport salohiyati kabi omillar chuqur tahlil qilindi. Trening davomida talabalar bilan jonli muloqot va amaliy muhokamalar o‘tkazildi. Bu esa ularning bilim va tashabbuslarini yanada mustahkamladi.