logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Kitob — bilim, tafakkur va ma’naviyat manbai!

view 10

Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi
Turli fakultetlar kesimida o‘tkazilgan tadbirlarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda soha mutaxassislari tomonidan kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaaning tafakkurni boyitishdagi ahamiyati, yoshlar ma’naviy dunyosini yuksaltirishdagi roli haqida mazmunli fikrlar bildirildi. “Kitob ulashamiz”, “Kitob o‘qilmagan kun – yashalmagan umr”, “Ziyo istagan qalblar” kabi loyihalar, davra suhbatlari va ma’rifat darslari doirasida talabalar:
•o‘zaro kitob almashish
•badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish
•fikr almashish va bahs-munozaralarda ishtirok etish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, adabiy uchrashuvlar, mashhur shoir va yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar, kutubxonalarga tashriflar orqali talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi.

Faol ishtirok etgan talabalar va guruhlar munosib taqdirlanib, bu kabi tashabbuslar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.