Toshkent davlat agrar universiteti yangi oʻquv yilining ilk kunlaridanoq talabalarda huquqiy ong va mas’uliyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, Toshkent davlat agrar universiteti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori J. Lapasov hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish – Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi A. Xayitov ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, manfaatlar to‘qnashuvining oqibatlari hamda uni oldini olishdagi yoshlarning o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga halollik, qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish, o‘z bilim va mehnati bilan yutuqlarga erishish zarurligi uqtirildi.
Tadbir yakunida talabalarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” degan g‘oya ostida murojaat qilinib, ularning kelajakda nafaqat o‘z sohasida yetuk mutaxassis, balki halol va fidoyi fuqarolar sifatida kamol topishlariga ishonch bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



