logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA TA’LIMNING ROLI” MAVZUSIDA MAXSUS O‘QUV KURSI BOSHLANDI

view 9

Toshkent davlat agrar universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik tamoyillarini yoshlar ongiga singdirish maqsadida “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida maxsus o‘quv kursi o‘z ishini boshladi.

Mazkur o‘quv kursi “Halollik to‘garagi” a’zolari, Yoshlar ittifoqi faollari hamda universitet tarbiyachi-tyutorlari ishtirokida tashkil etildi. Tadbir universitet Korrupsiyaga qarshi kurash kompleyans nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xayitov Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri O.Ostonov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S.Isroilov boshchiligida olib borildi.

🔺O‘quv kursi davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olishning samarali mexanizmlari, yoshlar orasida halollik va qonuniylik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔺Tadbirda fakultet tyutorlari hamda universitetning faol talaba-yoshlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.