Loyihalar, tajriba xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va tijoratlashtirish bo‘limi
Bo‘limning asosiy vazifalari:
Loyihalar, tajriba xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va tijoratlashtirish bo‘limi Universitetda amalga oshirilayotgan barcha ilmiy tarmoqlar — bakalavriat, magistratura, doktorantura, yosh olimlar, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, shuningdek, o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va tijoratlashtirish.
Bo‘lim quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:
Fakultet va kafedralarda tayyorlangan istiqbolli va dolzarb fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi talablari asosida tanlovlarga tayyorlash va bajarilishini nazorat qilish;
Ilmiy loyihalarning O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaliklarida uslubiy jihatdan to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilish;
Loyiha mualliflari va ishlab chiqarish karxona, klaster va fermer xo‘jaliklari bilan amaldagi qonunchilik asosida shartnomalar tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish;
Ilmiy va amaliy faoliyatlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi shartnomalar ijrosini monitoring qilish;
Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar va iqtidorli talabalar uchun intellektual mulk bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ilmiy kengashlar, seminarlar, ko‘rgazmalar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;
Ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba xo‘jaliklari haqida ma’lumotlar bazasini yaratish, to‘plash, saqlash va ulardan samarali foydalanish mexanizmini ishlab chiqish;
Xalqaro ilmiy-ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
Muhim ilmiy-texnik va innovatsion ishlanmalarni aniqlash, baholash va ustuvor yo‘nalishlarga ajratish;
Universitet byudjeti doirasida bo‘lim faoliyatini moliyalashtirish, innovatsion tadbirkorlik va tijoratlashtirish uchun mablag‘lar ajratishni taklif qilish;
Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish uchun metodik va tashkiliy yordam ko‘rsatish.
Bo‘lim funksiyalari:
Har yili ish rejasi ishlab chiqish va amalga oshirilgan faoliyatlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
Tijoratlashtirishda xizmat va mahsulotlar tannarxini bozor talablari asosida belgilash, xarajatlarni o‘z vaqtida qoplash va iqtisodiy samaradorlikni baholash;
Klaster, fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda yangi texnologiyalarni joriy etish.
Universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar holati
Universitet professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinayotgan DITD doirasida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida (2020–2024-yillar) ishtirok etib, qiymati 25,3 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 29 ta loyiha bajarilgan.
Jumladan:
2020-yilda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid 4 ta amaliy loyiha tanlovda g‘olib bo‘lib, universitetga jami 2,508 mlrd so‘m mablag‘ tushgan;
2021-yilda 7 ta amaliy loyihadan 5,0374 mlrd so‘m;
2022-yilda 3 ta amaliy loyihadan 2,1812 mlrd so‘m tushum bo‘lgan;
2023-yilda 6 ta amaliy loyihadan 7,11603 mlrd so‘m tushum bo‘lgan;
2024-yil davomida esa 9 ta amaliy loyiha tanlovda g‘olib bo‘lib, 8,469 mlrd so‘m mablag‘ tushgan.
Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish holati
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan erishilgan ilmiy natijalar asosida klasterlar, fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqarish korxonalariga ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga 2024-yilda universitetning Tijoratlashtirish jamg‘armasiga 3 501,0 mln so‘m mablag‘ tushgan.