Madaniyat saroyi
-
+998 91 503 11 22
-
Dushanba-Juma, 09:00-17:00
-
i.jorayev@tdau.uz
Madaniyat saroyi Toshkent davlat agrar universiteti talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy, estetik va axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Madaniyat saroyi Universitet rektorining 2025-yil 3-apreldagi 1-9-6/60-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, Universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Madaniyat saroyi Universitet bosh binosining 2-qavatida joylashgan. Saroy zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lib, asosiy zali 18 qator va 455 ta o‘rindiqdan iborat. Shuningdek, zal zamonaviy LED ekran, professional audio tizim, ovoz kuchaytirish moslamalari hamda tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur texnik vositalar bilan jihozlangan.
Madaniyat saroyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bayram va tantanali marosimlar, konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, forumlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, badiiy filmlar namoyishi hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Asosiy maqsadi
Madaniyat saroyining asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning ma’naviy va madaniy saviyasini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda universitetda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirishdan iborat.
Asosiy vazifalari
Faoliyat yo‘nalishlari
Madaniyat saroyi faoliyati doirasida talaba-yoshlarning ijodiy va madaniy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etiladi.
Jumladan, konsert dasturlari, ijodiy uchrashuvlar, teatr tomoshalari, ko‘rgazmalar, tanlovlar, festivallar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kino namoyishlari, konferensiyalar, forumlar, seminarlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va universitetning madaniy hayotiga faol jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.
Madaniyat saroyi Universitetning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hayotini rivojlantirish, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim maskan hisoblanadi.
