Jiyanov Ma’ruf Rashidovich
Jiyanov Ma’ruf Rashidovich 1987-yil 22-iyulda Jizzax viloyati Arnasoy tumanida tug‘ilgan. 2006–2010-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. 2010–2012-yillarda mazkur universitetning magistraturasida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 2005-yilda “Jiyanali bobo” fermer xo‘jaligida yordamchi ishchi lavozimida boshlagan. 2012–2013-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik fakultetida muhandis bo‘lib ishlagan. 2013–2015-yillarda “Mashina-traktor parkidan foydalanish va texnik servis” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritgan.
2015–2017-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining “Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. 2017–2018-yillarda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2019–2020-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2021-yilda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranturasida tahsil olgan.
2022–2024-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2024-2026-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
2026-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.
-
Ta'lim
-
2010Toshkent davlat agrar universiteti (bakalavr)
-
2012Toshkent davlat agrar universiteti (magistratura)
-
