Lapasov Jasur Olimjonovich
Lapasov Jasur Olimjonovich 1990-yil tug‘ilgan. 2009–2015-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida tahsil olgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
U mehnat faoliyatini 2015–2016-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining geodeziya va geoinformatika kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 2016–2019-yillarda mazkur institutning kadrlar bo‘limi boshlig‘i,
2019–2023-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashkiliy-kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi, 2023–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari hamda bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2025-yildan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
