• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Sultonov Komolitdin Sadriddinovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

Sultonov Komolitdin Sadriddinovich 1974-yilda tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi. 1993–1998 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan va oliy ma’lumotga ega.

Mehnat faoliyatini 1993-yilda Parkent tumani “Rayxona” xususiy ishlab chiqarish firmasida sotuvchi lavozimidan boshlagan. 1998–1999 yillarda Parkent tumani “Pomir” xo‘jaligida agronom-entomolog, 1999-yilda esa “Navbahor” dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasi hududidagi “Xumo” fermer xo‘jaligida agronom-entomolog sifatida faoliyat yuritgan.

1999–2001 yillarda Parkent tuman Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

2001–2005 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining marketing bo‘limi boshlig‘i, 2005-yilda esa “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib borgan.

2005–2008 yillarda universitetning o‘quv-metodika bo‘limida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha boshliq muovini lavozimida ishlagan. 2008–2009 yillarda “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2009–2010 yillarda esa “Agronomiya” fakulteti dekan muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2010–2019 yillar davomida Toshkent davlat agrar universitetining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

2019-yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida mehnat qilmoqda.

Oilali, farzandlari bor.

  • Ta'lim

    • 1993-1993 yy.
      Parkent tumani “Rayxona” xususiy ishlab chiqarish firmasi sotuvchisi
    • 1993-1998 yy.
      Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
    • 1998-1999 yy.
      Parkent tumani Pomir xo‘jaligi agronom-entomologi
    • 1999-1999 yy.
      Parkent tumani “Navbahor” dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasi hududidagi «Xumo» fermer xo‘jaligi agronom-entomologi
    • 1999-2001 yy.
      Parkent tuman Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi
    • 2001-2005 yy.
      Toshkent davlat agrar universiteti marketing bo‘limi boshlig‘i
    • 2005-2005 yy.
      Toshkent davlat agrar universiteti “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasi assistenti
    • 2005-2008 yy.
      Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv-metodika bo‘limi sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha boshliq muovini
    • 2008-2009 yy.
      Toshkent davlat agrar universiteti “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasi katta o‘qituvchisi
    • 2009-2010 yy.
      Toshkent davlat agrar universiteti “Agronomiya” fakulteti dekan muovini
    • 2010-2019 yy.
      Toshkent davlat agrar universiteti “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” fakulteti dekani
    • 2019.
      Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor