Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri Datuk Seri Hoji Muhammad bin Sabu boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida universitetning zamonaviy “Renessans” ma’ruzalar zalida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga universitetda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv doirasida Malayziyaning qishloq xo‘jaligi va agrar ilm-fan sohasidagi yutuqlariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi. Unda zamonaviy agrotexnologiyalar, raqamli qishloq xo‘jaligi, sun’iy intellekt asosidagi yechimlar, hosildorlikni oshirish usullari hamda qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish tajribalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Talabalar va yosh tadqiqotchilar mehmonlar bilan uchrashuvda Malayziyaning agrar ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro grantlar, talabalar almashinuvi dasturlari hamda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Delegatsiya vakillari tomonidan barcha savollarga batafsil javoblar berilib, qizg‘in fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:










