Talabalar hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va badiiy savodxonlikni yuksaltirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari, jumladan Yoshlar ittifoqi faollari hamda “Bo‘ston notiqlari” jamoasi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 7-maktabda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etdilar.
Uchrashuv davomida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari o‘quvchilar bilan samimiy muloqot olib bordilar, kitob o‘qishning ahamiyati, bilim va tafakkurni kengaytirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, ijodiy chiqishlar, badiiy o‘qishlar va savol-javoblar orqali uchrashuv yanada qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


