Agrotuproqshunoslik va agrofizika
Agrotuproqshunoslik va agrofizika, pedagog-tadqiqotchi – magistratura ta’lim yo‘nalishi qishloq xo‘jalik yerlarini agroekologik monitoringi, qishloq xo‘jaligi yerlari holatiga ta’sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar, tuproqni himoyalovchi dehqonchilik tizimlarini joriy qilish, tuproqqa turli ishlov berish usullari, yer resurslaridan oqilona foydalanishni boshqarish modellarini ishlab chiqishga oid vazifalarni amalga oshirirish bo‘yicha uslub va usullari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Umumiy ma'lumot
О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
Agrotuproqshunoslik va agrofizika
-
Yo'nalish kodi70810201
-
O'qish davomiyligi2 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiMagistr
-
Xalqaro akkreditatsiyaMavjud emas
Asosiy fanlar
-
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
-
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
-
Agrotuproqshunoslikda ilmiy-tadqiqot uslublari
-
Antropogen tuproqlar
-
Tuproq-geobotanik tadqiqot uslublari
-
Tuproq bonitirovkasining ilmiy asoslari
-
Yerlarni agroekologik baholash
-
O‘zbekiston tuproqlarining agrofizikasi
-
Yer resurslaridan foydalanish
-
Tuproq iqlimshunosligining ilmiy asoslari
-
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish
-
Ilmiy-pedagogik ish
-
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)
