logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Baliqchilik mutaxassisligi

“Baliq xo‘jaligi” sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, suv bioresurslariga antropogen ta’siri, baliqchilik va ekologik monitoring olib borish, ixtiologik va gidrobiologik tadqiqot usullari, baliqlarni sun’iy ko‘paytirish, akvakulturada qo‘llaniladigan qurilmalardan foydalanish, qimmatbaho baliq turlarini yetishtirishning innovatsion texnologiyalari qo‘llash, baliqlardagi invazion va infeksion kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar tegishli oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish ilmiy – tadqiqot, ilmiy ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, loyihalashtirish, baliqlarni qayta ishlash korxonalarida faoliyat yuritishi mumkin.

Baliqchilik mutaxassisligi

Umumiy ma'lumot

Zooinjeneriya fakulteti
Baliqchilik mutaxassisligi
  • Yo'nalish kodi
    70830101
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Baliqchilikda ilmiy-tadqiqot uslublari
  • Baliqlar sistematikasi
  • Intensiv baliqchiligi
  • Baliqlar seleksiyasi
  • Ixtioparazitologiya
  • Baliqlarni iqlimlashtirish
  • Ichki suv havzalarini bioresurslari
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.