Bioiqtisodiyot
Bioiqtisodiyot — bu biologik resurslardan barqaror foydalanish, tovarlar, energiya va xizmatlar ishlab chiqarish, hamda qishloq xо‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida innovatsion biotexnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan kо‘p tarmoqli sohadir.
Bioiqtisodiyot yо‘nalishi bо‘yicha magistratura iqtisodiyot, ekologiya, biotexnologiya va barqaror rivojlanish sohalarida bilimga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim jarayonida talabalar bioresurslarni tahlil qilish, biotizimlarni modellash, bioenergetika, bioinnovatsiyalar va ekologik iqtisodiyot kabi fanlarni о‘rganadilar.
Bioiqtisodchi magistr — bu agrar va biotexnologik sektorlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, xalqaro ekologik va iqtisodiy tashkilotlarda talab yuqori bо‘lgan mutaxassisdir. U tabiiy resurslardan barqaror foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish, bioinnovatsion tadbirkorlik va biotexnologiyalarning iqtisodiyot hamda atrof-muhitga ta’sirini baholash bilan shug‘ullanadi.
Bitiruvchilar davlat muassasalari, agrar va sanoat korxonalari, «yashil» texnologiyalar sohasidagi startaplar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar, hamda ta’lim va fan sohalarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Agroiqtisodiyot kafedrasi bioiqtisodiyot yо‘nalishi bо‘yicha magistr mutaxassislarni tayyorlashda ma’sul kafedra hisoblanadi.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi70310109
-
O'qish davomiyligi2 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiMagistr
-
Xalqaro akkreditatsiyaMavjud emas
Asosiy fanlar
-
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
-
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
-
Bioiqtisodiyot rivojlanishi va siyosati
-
Aqlli qishloq xo‘jaligi
-
Atrof muhit iqtisodiyoti
-
Sirkulyar iqtisodiyot
