Entomologiya
Entomologiya fani qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa sohalarda uchraydigan hasharotlarning biologik va ekologik xususiyatlari, ularning inson faoliyatiga ta’siri, foydali va zararli turlarini aniqlash hamda ularga qarshi kurashish usullarini o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari entomologlar, ekinlarga zarar yetkazuvchi yoki foyda keltiruvchi hasharotlarni aniqlash, ularning tarqalishini nazorat qilish, bioindikatsiya va biologik himoya choralarini ishlab chiqish bo‘yicha malakali mutaxassislardir. Ular ilmiy-tadqiqot institutlarida, qishloq xo‘jaligi laboratoriyalarida, fitosanitariya xizmatlarida, biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda va ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar.
Ta’lim jarayoni entomologiya, ekologiya, zoologiya, o‘simliklarni himoya qilish va biologik nazorat fanlari asosida olib boriladi. Amaliyot mashg‘ulotlari dala stansiyalari, entomologik laboratoriyalar va biologik nazorat markazlarida o‘tkaziladi.
Bitiruvchilarni tayyorlovchi asosiy kafedra – O‘simliklarni himoyasi va karantini kafedrasidir.

Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi70810502
-
O'qish davomiyligi2 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiMagistr
-
Xalqaro akkreditatsiyaMavjud emas
Asosiy fanlar
-
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
-
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
-
Entomologiyada ilmiy-tadqiqot uslublari
-
Hasharotlar sistematikasi va tur tarkibini aniqlash
-
O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat
-
Hasharotlar tana tuzilishi, fiziologiyasi va bioekologiyasi
-
O‘simliklar karantini umumiy asoslari
-
O‘simliklarni himoya qilish usullari va vositalari
-
Entomofaglarni ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyalari