Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi
Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi magistratura mutaxassisligi — “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida tegishli fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, sifat va xavfsizlikni boshqarish tizimlarini tadqiq etuvchi tashkilotlarda ilmiy faoliyatni olib borish, turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish korxonalari, texnik jihatdan tartibga solish agentliklari va ularning hududiy bo‘linmalarida mahsulotlar va xizmatlar sifatini baholash, xavfsizligini nazorat qilish, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish, ekspertiza hamda standartlashtirish faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyat doiralarini o‘z ichiga oladi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha tahsil olgan magistrlar mahsulotlar sifati va xavfsizligi bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqish, ekologik muhofaza, mehnat resurslarini boshqarish, xalqaro standartlar (jumladan, ISO) asosida xavfsizlik tizimlarini joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligi va tovarlar sertifikatsiyasi bilan bog‘liq muassasalarda ishlash, xalqaro savdoda sinflashtirish va texnik reglamentlarni qo‘llash, davlat boshqaruvi va nazorat organlarida me’yoriy nazoratni amalga oshirish kabi kompleks masalalarni yechishga qodir yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlanadi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalish bitiruvchilari kasbiy ko‘nikma, analitik fikrlash, muammolarni tizimli hal etish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha zarur bilim va malakalarni egallaydi.

Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi70710801
-
O'qish davomiyligi2 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiMagistr
-
Xalqaro akkreditatsiyaMavjud emas
Asosiy fanlar
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
-
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
-
Mahsulotlar xavfsizligi va sifat menejmenti
-
Eksprementi rejalashtirish
-
Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
-
Sifatni boshqarishda statistik usullar
-
Tovarlar gigienasi va toksikologiyasi
-
Tovarlar xavfsizligi va sifat ekspertizasi
-
Muvofiqlikni baholash va akkreditlash
-
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholash