logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Raqamli iqtisodiyot

Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy jarayonlarda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili (Big Data), blokcheyn va raqamli tо‘lov tizimlarini joriy etish va samarali boshqarish sohasidir.
Raqamli iqtisodiyot magistr diplomiga ega talaba raqamlashtirish jarayonlarini chuqur anglaydigan, raqamli infratuzilmalar bilan ishlash kо‘nikmasiga ega va zamonaviy iqtisodiy muammolarga innovatsion yechim topa oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim jarayonida magistr talabalar raqamli iqtisodiyot nazariyasi va amaliyoti, Big Data va ma’lumotlar tahlili, elektron tijorat va raqamli marketing, sun’iy intellekt iqtisodiyoti, kiber xavfsizlik va raqamli infratuzilmalar, iqtisodiy modellashtirish va prognozlash kabi fanlarni nazariy va amaliy bilim va kо‘nikmalarni egallashadi
Bitiruvchilar davlat soxasida, banklar va moliyaviy kompaniyalari, IT va konsalting kompaniyalari, elektron tijorat va marketpleyslar, sug‘urta, logistika va telekommunikatsiya kompaniyalari, xalqaro tashkilotlarda faoliyat yurita oladilar.
Agroiqtisodiyot kafedrasi raqamli iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda ma’sul kafedra hisoblanadi

Raqamli iqtisodiyot

Umumiy ma'lumot

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
Raqamli iqtisodiyot
  • Yo'nalish kodi
    70410110
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistratura
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi
  • Ekonometrika 2
  • Raqamli strategiya va axborot tizimlari
  • Axborot texnologiyalari va servis innovatsiyasi
  • Raqamli davlat
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.