Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
Ushbu magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari Respublikamizda sabzavotchilik sohasiga yangicha yondashuvlarni shakllantirish, fermer va dehqon xо‘jaliklarini rivojlantirishda nazariy va amaliy bilim berishi, sabzavot, poliz va kartoshkachilikka ixtisoslashgan agrofirmalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim bо‘lib kasbiy faoliyat yuritadi.
Sabzavot, poliz va kartoshkachi agronom – Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikkka ixtisoslashgan kompaniyalari va oziq-ovqat uyushmasi tizimidagi korxonalarda mutaxassis, qishloq xо‘jaligi sohasining viloyat boshqarmasi hamda tuman bо‘limlari boshqaruv tizimi va boshqa qishloq xо‘jaligi tashkilotlarida rahbar vazifalari olib borishi mumkin.
Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti Sabzavotchilik va issiqxona xо‘jaligini tashkil etish kafedrasida pedagog sifatida faoliyat yuritishi mumkin.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi70811003
-
O'qish davomiyligi2 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiMagistr
-
Xalqaro akkreditatsiyaMavjud emas
Asosiy fanlar
-
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
-
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
-
Sabzavot, poliz va kartoshkachilikda ilmiy-tadqiqot uslublari
-
Jahon sabzavotchiligi
-
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka biologiyasining ilmiy asoslari
-
Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining genofondi
-
Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari yetishtirishning innovatsion texnologiyasi
-
Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining nav va duragaylarini yaratishning nazariy asoslari
-
Sabzavot, poliz va kartoshka urug‘larini yetishtirish texnologiyalari
-
Lalmikor va issiqxona polizchilik
-
Zamonaviy issiqxonalarda noan’anaviy usulda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish
-
Sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishning progressiv texnologiyasi
-
Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatsiyalash
-
Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari
-
Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi
