Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
70710901 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” magistratura ta’lim mutaxassisligi bu yer, suv, energetika va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetishtirishda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari, Chorvachilik va parrandachilik komplekslari, issiqxona xo‘jaliklari, baliqchilik xo‘jaliklari, agroklasterlar va kooperatsiyalar, yirik mashina traktor parklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha agrosanoat korxonalri kabi zamonaviy Smart va robotlashtirish texnologiyalarni qo‘llash va kasbiy faoliyatida ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalanish sohalarida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi “Energetika” vazirligi tizimidagi avtomatik boshqarish tizimlarida va “Qishloq xo‘jaligi”, “Suv xo‘jaligi” vazirligining qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari, Agrosanoat majmuida foydalanilayotgan avtomatik qurilmalarga, avtomatlashtirish tizimlariga profilaktik va servis xizmati ko‘rsatish tizimlarida va ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqo institutlarida elektrik avtomatchik, texnolok muhandis hamda ilmiy tadqiqotchi va turli mutaxassislik lavozimlarida ishlashlari mumkin.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi70710901
-
O'qish davomiyligi2 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiMagistr
-
Xalqaro akkreditatsiyaMavjud emas
Asosiy fanlar
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
-
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
-
Xabar berish-o‘lchash tizimlari
-
Ishlab chiqarishni tashkil qilish va avtomatlashtirishni rejalashtirish
-
Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish
-
Optimal, adaptiv va ko‘p pog‘onali boshqarish tizimlari
-
Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
-
Ilmiy-pedagogik ish
-
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)
