• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Veterinariya jarrohligi

Veterinariya jarrohligi sohasidagi mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, hayvonlarning jarrohlik va boshqa yuqumsiz kasalliklarining sabablarini aniqlash, tashxisi, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, loyihalash va tashkil etish, hayvonlarga veterinariya xizmatini ko’rsatishni tashkillashtirish vositalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, Fanlar akademiyasi va ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida, xususiy veterinariya xizmat ko’rsatish klinikalarida hamda chorvachilik xo’jaliklarida mutaxasisligi bo’yicha faoliyat yuritishlari mumkin.

Veterinariya jarrohligi

Umumiy ma'lumot

Zooinjeneriya fakulteti
Veterinariya jarrohligi
  • Yo'nalish kodi
    70840102
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Majud emas

Asosiy fanlar

  • Veterinariya anesteziologiyasi
  • Mayda hayvonlar xirurgiyasi
  • Yirik hayvonlar xirurgiyasi
  • Veterinariya ortopediyasi
  • Veterinariya oftalmologiyasi