logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Matbuot xizmati – TDAU hayotining axborot oynasi!”

Matbuot xizmati

Toshkent davlat agrar universiteti Matbuot xizmati — bu so‘z orqali voqeani, kadr orqali ruhni, fakt orqali ishonchni yetkazadigan jamoa. Biz TDAUdagi yangiliklarni, yutuqlarni va tashabbuslarni sizga tez, aniq va ishonchli shaklda taqdim etamiz.

Universitet hayotining ovozi va oynasi

Toshkent davlat agrar universiteti Matbuot xizmati — bu universitet faoliyatini yorituvchi, yangilik va axborotlarni ommaga tezkor va ishonchli yetkazuvchi mustaqil axborot tuzilmasidir. Xizmatning asosiy maqsadi — TDAU brendini shakllantirish, uning ilmiy, ta’lim va madaniy hayotini keng jamoatchilikka tanitishdir.

Asosiy yo‘nalishlarimiz:

  • Rasmiy press-relizlar va yangiliklar tayyorlash
  • Foto va video reportajlar, media kontentlar ishlab chiqish
  • Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik
  • Ijtimoiy tarmoqlarda universitet faoliyatini targ‘ib qilish
  • Tadbirlar, forumlar va tashriflarni axborot bilan ta’minlash
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.