Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti tyutori X. Saidova tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy tafakkurini kengaytirish hamda milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Ushbu safarda Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib, talabalar uchun mazmunli va esda qolarli muhit yaratdilar.
Sayohat davomida talabalar Imom Buxoriy majmuasi, Registon ansambli, Bibixonim masjidi, Shohizinda majmuasi hamda Go‘ri Amir maqbarasi kabi qadimiy va muqaddas maskanlarni ziyorat qildilar. Shuningdek, Islom Karimov qabr majmuasiga tashrif buyurib, yurtimiz tarixida muhim o‘rin tutgan shaxs xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Ushbu sayohat nafaqat hordiq chiqarish, balki talabalarning bilimini boyitish, ularning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Safar davomida yoshlar o‘z yurtining boy o‘tmishi bilan yaqindan tanishib, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga erishdilar. Bundan tashqari, sayohat talabalar o‘rtasida jamoaviylik, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhitini kuchaytirib, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bunday sayohatlar – bu nafaqat maroqli dam olish, balki boy tarix va bebaho tajriba maktabidir.
Ijtimoiy tarmoqlar:




