logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Muvaffaqiyat sari yo‘l”: TDAUda vazirlik mas’uli bilan motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 49

Toshkent davlat agrar universitetida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ta’lim, ilm-fan va boshqaruv sohalaridagi faolligini oshirishga qaratilgan “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida mazmunli muloqot tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Feruza Xodjayeva universitet talaba-qizlari bilan uchrashdi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbatda universitet rektorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jasur Lapasov, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Gulnoza Shodmonova, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etishdi. Muloqot davomida bugungi kunda yurtimizda yosh qizlarning bilimli, ma’naviy yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxs bo‘lib voyaga yetishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi alohida e’tirof etildi.

Feruza Ergashevna o‘zining hayotiy tajribasi va boy kasbiy faoliyati misolida muvaffaqiyat nafaqat erishilgan yutuq, balki tinimsiz mehnat, qat’iyat va o‘ziga bo‘lgan yuksak ishonch samarasi ekanligini so‘zlab berdi. Uchrashuvda har bir talaba-qiz o‘z bilim va intilishlari orqali jamiyatning yetuk mutaxassisiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.