logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

NAJOT TA’LIMDA, NAJOT TARBIYADA, NAJOT BILIMDA

view 237

Toshkent davlat agrar universitetida yangi 2025/2026-o‘quv yili doirasida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida Xalqaro hamkorlik doirasida qo’shma ta’lim dasturlarini yanada kengaytirish, universitetning 95 yillik yubileyiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish muhokama qilinib, tegishli mutasaddilarga vazifa va topshiriqlar berilib, yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Universitet ektori N.Oblomuradov o‘z so’zida yangicha qarash, yangicha yondashuv asosida yoshlarni dars jarayonlariga jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni, ayniqsa xitoy va ingliz tillarini puxta o’zlashtirishlari zarurligini alohida ta’kidladi. Yig‘ilishda o’z mehnat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan bir qator xodimlar ogohlantirilib, intizomiy choralar ko’rilishi belgilandi.

Tanqidiy ruhda o’tgan mazkur yig’ilishda, “Eng yaxshi fakultet nominatsiyasi” yo’lga qo’yilib, hafta davomida eng faol va namunali fakultetni aniqlab taqdirlash masalasi belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.