logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent viloyati “Nuroniy” jamg’armasi bo’limi, Qibray tumani hokimligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida xavfsiz muhitni shakllantirishga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

view 40

Mazkur tadbir Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 27-yanvar kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vazirining maslahatchisi Zokirjon Almatov ochib berdi. Unda Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi boshlig‘i Abdusamad Nosirov, Yodgor Sa’diyev, Toshkent viloyati mutasaddilari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur tashabbus yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va jamiyatda barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbir yakunida Yodgor Sa’diyev ishtirokchilarni dilbar qo‘shiqlari bilan xushnud etdi. Shuningdek, qiziqarli savol-javoblar tashkil etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday uchrashuv va muloqotlar yoshlar ongida mas’uliyat, hushyorlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.