logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Oltin kuz” festivali davom etmoqda… Toshkent davlat agrar universiteti ijodkor yoshlari va rassomlar bilan birgalikda “Oltin kuz” festivali doirasida Zominda ijodiy plener tashkil etishdi

view 144

"Oltin kuz” Xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Jizzax viloyati Zomin tumanida Toshkent davlat agrar universitetining talaba-yoshlari va rassomlar ishtirokida ijodiy plener tashkil etildi. Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonning taniqli rassomlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqiga a’zo, iqtidorli 20 nafar faol talabalar tabiat qo‘ynida ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Rassomlar Zominning tog‘li xushmanzaralari, diqqatga sazovor joylari va Kayfiyat baxsh etuvchi daraxtlarni turli uslublarda tasvirlab, tabiatning betakror go‘zalligini o‘z asarlarida mujassam etdilar. Talabalar esa tajribali ustozlardan saboq olib, chizish san’atining nozik jihatlarini o‘rganishdi. Plener yakunida kichik ko‘rgazma tashkil etilib, shu kunning o‘zida yaratilgan asarlar namoyish qilindi. Ishtirokchilar bir-birining ijodiy ishlari bilan tanishib, kelgusi rejalari haqida fikr almashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

Toshkent davlat agrar universitetida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh OAV vakillari uchun Qishloq xo’jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida “llmga asoslangan Ьаrqаrоr qishloq xo’jaligi – Bаrаkа vа fаrоvonlik kafolati O’zbekiston qishloq xo’jaligida yangi dаvr” mavzusidagi press tur bòlib òtdi.
Jarayon

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.