Oqqo‘rg‘on tumanida chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti talabalari dual ta’lim va amaliyot doirasida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, chorvachilik yo‘nalishida amaliy seminar o‘tkazdilar. Seminar davomida universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish texnologiyasi, uning chorvachilikda mahsuldorlikni oshirishdagi ahamiyati hamda amaliy jarayonlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi. Amaliyot davomida talabalar Oqqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarga borib, chorvachilik xo‘jaliklaridagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, chorva mollarini ko‘rikdan o‘tkazish, sun’iy urug‘lantirish jarayonini tashkil etish va naslchilik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Seminarda Zooinjeneriya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda veterinariya meditsinasi va qishloq xo‘jalik hayvonlarining seleksiyasi va naslchilik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan magistrantlar ham faol ishtirok etdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:



