favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘quv-ilmiy tajriba bo‘limi

Universitetning professor-о‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari, magistr va iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot tajribalarini olib borish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarni targ‘ib qilish, о‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini yuqori saviyada о‘tkazilishini ta‘minlash, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qо‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish;


qishloq xо‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda davlat ilmiy-texnik dasturlari xorijiy va mahalliy tajribalarni shakllantirish, turli uslub va vositalar yordamida keng ommaga tarqatish;


davlat grantlarini, sohaga doir dolzarb ilmiy-tadqiqot, ilmiy-texnik dasturlar doirasida olingan grantlar asosida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tajriba xо‘jaligi maydonlarida olib borilishini hamda belgilangan uslublar asosida amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etishga yordam berish.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.