Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi mudiri A.Xolliyev hamda "Agrokimyo va tuproqshunoslik" kafedrasi mudiri B.Halimov rahbarligida Chinoz tumanida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda olis va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb etish, shuningdek, yoshlar bilan samarali muloqot qilish, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berish maqsad qilindi. Uchrashuvda yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi hamda ta’lim, kasb tanlash va kelajak rejalari xususida fikr almashildi
O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetining professor-o’qituvchilari tomonidan targ’ibot ishlari amalga oshirilmoqda
10 Iyul 2025

