logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ozarbayjonda “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

view 8

Joriy yilning 23–24-may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida “Ingla International Education and Training Center” tomonidan “Study in Uzbekistan” loyihasi doirasida “O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarining III ko‘rgazmasi” tashkil etilmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida universitet tomonidan xorijiy talabalarni jalb etishga qaratilgan ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv jarayonlari, ilg‘or ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.
Ko‘rgazma doirasida konsalting tashkilotlari va xorijiy ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ozarbayjonlik yoshlari uchun grant dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik almashinuv hamda qisqa muddatli o‘quv-amaliyot loyihalarini rivojlantirish yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, universitetning agrar sohadagi innovatsion yondashuvlari, zamonaviy laboratoriya bazasi, raqamli ta’lim imkoniyatlari hamda xalqaro akademik almashinuv dasturlari xorijiy hamkorlar va yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.
Mazkur xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash, oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim eksporti salohiyatini oshirish hamda Toshkent davlat agrar universitetiga Ozarbayjonlik talabalar oqimini ko‘paytirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.