O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–135-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Shu munosabat bilan,bugun universitetimizning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor o'qituvchilari G.Kalandarova, F.Umarova, M.Abduraimova, S.Raximova, G.Tillayeva hamda ARM rahbari Jahongir Temirxadjayev, F. Mamadaliyeva, E. Salomov va O'zbekiston hunarmandchilik va kulolchilikni rivojlantirish markazi hamkorligida xalqaro uchrashuv tashkil etildi.
➡️Uchrashuvga Xalqaro odob-axloq va kommunikatsiya mutaxassislari assotsiatsiyasi (IACPEC) a’zosi, professor Irina Aleksandrovna Aleksina taklif etildi. Madaniyatlararo muloqot bo‘yicha tajribali mutaxassis bo‘lgan professor bilan kelgusida ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ishlarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
