Jarayon avvalida universitetda iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilgan “Art Galereya” hamda “Ona siymosi” ko‘rgazmalari ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli yoshlarining ijodiy chiqishlari mehmonlarga namoyish etildi. Jarayon davomida mehmonlar so‘nggi yillarda universitetda ta’lim va ijodiy muhit tubdan yangilangani, talabalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidladilar. Bugungi kunda talabalar nafaqat agrar sohada, balki san’at va ijod yo‘nalishlarida ham o‘z salohiyatini keng namoyon etayotganlari e’tirof etildi. Shuningdek, yaratilgan imkoniyatlar yoshlarning har tomonlama kamol topishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilib, ularning yutuqlari kelajakda yurtimiz ravnaqiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


