Bugun, 17-iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida O’zbekistonning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiyev mehmon bo’ldi. Nodir Mavzurovich dastlab universitetimiz iqtidorli va iste’dodli talabalarining qishloq xo’jaligiga oid tasviriy san’at ishlanmalari joy olgan ko’rgazma bilan tanishtirildi. Muzokaralar stolida universitetimiz rektori Narzullo Oblomuradov, Xalqaro masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Zoltan Lakner, Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo’yicha prorektor Abduaziz Abduvasikovlar Nodir Ganiyev bilan yangi loyihalar, talabalarimizning Fransiya davlatida amaliyot o’tashini hamda xorijiy oliygohlar bilan talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish kabi qator masalalar muhokama qildi. Endilikda universitetimiz talabalari uchun yana bir Yevropa davlatining eshiklari ochilish arafasida.
Ijtimoiy tarmoqlar: