Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti Yoshlar ittifoqi faollari O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasida partiya rahbari Abdushukur Xamzayev bilan uchrashuvda ishtirok etdilar.
Suhbat davomida partiya rahbari so‘nggi besh yillik faoliyat natijalari, ekologik tashabbuslar, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyot va ekologik madaniyatni rivojlantirish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, A.Xamzayev qishloq xo‘jaligi va ekologiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidlab, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ham alohida fikr bildirdi.
Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universiteti yoshlari ekologik tafakkurni oshirish, tabiatga mehrni kuchaytirish hamda “yashil” g‘oyalarni ilgari surish bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


