logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Paxta hosilini yig‘ishtirib olishda innovatsion yondashuvlar:Buxoroda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda universitetimiz vakillari ilmiy va nazariy bilim ulashishdi

view 221

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida eng muhim mavsumlardan biri paxta terimi qizg‘in pallaga kirar ekan, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan yirik ilmiy-amaliy seminar paxtachilikda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur seminarda Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligida tajribali professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan mexanizator-operatorlar, yosh mutaxassislar, fermerlar, klaster vakillari hamda tuman hokimlari o‘rinbosarlariga ilmiy bilim va ko’nikmalar berildi. Nazariya va amaliyot uyg‘unlashligida tashkil etilgan ushbu seminarda ikki kun davomida nazariy mashg‘ulotlarda 100 nafarga yaqin mexanizator-operator va hokimlik vakillari ishtirok etdi. Uchinchi kuni esa dala sharoitida 300 nafarga yaqin fermer, mexanizator va mutaxassislar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Amaliyot davomida xorijiy ishlab chiqaruvchilarning turli rusumdagi paxta terish mashinalari namoyish etildi. Professor-o‘qituvchilarimiz ularning ishlash prinsiplari, samarali boshqarish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish sirlarini ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berdi. Seminar yakunida esa vakillarimiz tomonidan maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilib, Buxoro viloyatining barcha tumanlariga tarqatildi. Mazkur materiallar mexanizatorlar va fermerlar uchun amaliy yordamchi manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Ushbu seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad, paxta maydonlarini sifatli terimga tayyorlash, zamonaviy texnika imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish va eng muhimi, mexanizatorlar hamda operatorlarning malakasini oshirishdir.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan 25-noyabrdan 10-dekabrgacha davom etadigan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari doirasida Toshkent davlat agrar universitetida “Zo‘ravonliksiz hayot-har bir ayolning huquqi” mavzusidagidavra suhbati o’tkazildi
Jarayon

Toshkent davlat agrar universiteti “Renessans” ma’ruza zallari majmuasida “Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning ta’lim olishi va ilm bilan shug‘ullanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida keng qamrovli seminar bo‘lib o‘tdi

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.